Markaziy bank tomonidan 4-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSH dollari 29,28 so‘mga qimmatlashib, 11 989,46 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi 54,07 so‘mga oshib, 13 815,45 so‘mga, Britaniya funt sterlingi esa 39,38 so‘mga ko‘tarilib, 16 125,82 so‘mga yetdi. Shveysariya franki 25,22 so‘mga qimmatlashib, 14 821,93 so‘m etib belgilandi.
Yapon iyenasi ham 1,57 so‘mga oshib, 76,32 so‘mni tashkil etdi. Xitoy yuani 3,97 so‘mga ko‘tarilib, 1 775,51 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli esa asosiy valyutalar orasida yagona pasaygan pul birligi bo‘lib, uning kursi 0,94 so‘mga tushdi va 149,48 so‘mni tashkil etdi.
Qaynoq24.uz 3-avgust kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.


