Qaynoq24 Telegramda kuzating

O‘zbekistonda banklarni sanatsiya qilish tartibi belgilandi

Foto: depositphotos
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda moliyaviy muammoga duch kelgan banklarni sanatsiya qilish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Yangi hujjat “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Reklama
Qaynoq24 Instagramda kuzating

Yangi tartib omonatchilar manfaatlarini himoya qilish, bank xizmatlarining uzluksizligini saqlash va banklardagi moliyaviy muammolarni tartibli hal etishga qaratilgan.

Sanatsiyada uchta asosiy vosita qo‘llaniladi

Hujjatga ko‘ra, bankni sanatsiya qilishda uchta asosiy mexanizmdan foydalanish mumkin.

Birinchisi — bank aktivlari va majburiyatlarini, jumladan kredit va omonatlarni boshqa bankka o‘tkazish yoki sotish.

Ikkinchisi — bankning muhim xizmatlarini davom ettirish uchun ikki yilgacha faoliyat yuritadigan oraliq bank tashkil etish.

Uchinchisi — bank zararlarini qoplash maqsadida uning kapitali va ayrim majburiyatlarini hisobdan chiqarish yoki ularni aksiyalarga konvertatsiya qilish.

Omonatlarning ayrim qismlari hisobdan chiqarilmaydi

Sanatsiya jarayonida kafolatlangan omonatlar, jumladan ularning kafolatlash limitidan oshadigan qismi ham hisobdan chiqarilmaydi yoki aksiyalarga aylantirilmaydi.

Omonat boshqa bankka o‘tkazilgan taqdirda omonatchidan yangi bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish talab qilinmaydi.

Bank aktivlari va majburiyatlari boshqa bankka yoki oraliq bankka o‘tkazilganda bank xizmatlarining uzluksiz ishlashi ta’minlanishi kerak.

Bank zararlarini qoplash esa birinchi navbatda aksiyadorlar hisobidan amalga oshiriladi.

Maxsus boshqaruvchi tayinlanishi mumkin

Sanatsiya jarayonida bankni boshqarish uchun maxsus boshqaruvchi tayinlanishi mumkin. Uning faoliyati Markaziy bank nazoratida bo‘ladi.

Bankni sanatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror Markaziy bank va sanatsiya qilinayotgan bankning rasmiy veb-saytlari, shuningdek, ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.