Samsung kompaniyasi ultrayupqa smartfonlar bo‘yicha tajribasini to‘xtatmoqda. Bu haqda GSMArena nashri xabar berdi. Kompaniya Samsung Galaxy S26 Edge modelini chiqarmaslikka qaror qilgan.
Galaxy S25 Edge kutilganidek sotilmadi. Endi kompaniya Edge liniyasini butunlay yopadi, qolgan S25 Edge zaxiralari esa faqat sotuvdan chiqariladi.
Shu bilan birga, S26 Edge uchun ishlab chiqilgan dizayn keyingi model — Galaxy S26 Plus uchun ishlatilishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, S25 Edge modeli 2025-yil avgustigacha atigi 1,31 mln dona sotilgan. Taqqoslash uchun, S25 Ultra 12,18 mln, S25 Plus 5,05 million, oddiy S25 esa 8,28 mln dona sotilgan.
Endi Samsung 2026-yilda faqat uchta asosiy model — Galaxy S26, S26 Plus va S26 Ultra’ga e’tibor qaratadi.

