Honor 600 smartfoni taqdim etildi — fot, narx

Foto: Honor
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Honor kompaniyasi tomonidan yangi Honor 600 smartfoni rasman taqdim etildi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi.

Smartfonning asosiy xususiyati — 200 megapikselli kamera. U katta sensor bilan jihozlangan va 30 karra zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma kam yorug‘likda ham sifatli surat olish imkonini beradi.

Foto: Honor

Honor 600 Snapdragon 7 Gen 4 protsessori asosida ishlaydi. Qurilma Android 16 va MagicOS 10 tizimi bilan taqdim etilgan. Unda AI Image to Video 2.0 funksiyasi mavjud bo‘lib, foydalanuvchilarga suratlarni qisqa videolarga aylantirish imkonini beradi.

Smartfon 6,57 dyuymli OLED ekran bilan jihozlangan. Ekran 120 Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi va maksimal yorqinligi 8000 nitgacha yetadi. Batareya sig‘imi 7000 mA/soatni tashkil etadi. Qurilma 80 Vt tezkor zaryadlashni va teskari zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, smartfon IP68 va IP69 darajasida suv va changdan himoyalangan.

Foto: Honor

Honor 600 12 GB operativ xotira va 512 GB doimiy xotira bilan taklif etiladi. Model narxi taxminan $660ni tashkil etadi. Qurilma savdosi aprel oxirida boshlanishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz Honor 600 Pro smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.