Yashnobodda Chery avtomobili Malibu-2 ustiga chiqib ketdi

Foto: "Daryo.live" telegram kanali
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Bugun, 17-oktabr kuni soat 15:20 atrofida Toshkent shahrining Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisada Chery avtomobili Malibu-2 ustiga chiqib ketgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Chery rusumli avtomobil yo‘l harakatini boshqara olmay, ikki dona Cobalt bilan to‘qnashgan va so‘ngra qarama-qarshi yo‘lakka chiqib, Malibu-2 avtomobilining ustiga chiqib ketgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, biroq avtomobillarga moddiy zarar yetgan.

Ichki ishlar organlari tomonidan voqea joyida surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning sabablari va aybdor tomon aniqlanmoqda.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.