Qozog‘istonlik bloger Toshkentda yigitlarga “gap otdi” — video

Foto: Arujan Aybekova instagram sahifasi
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Toshkentda qozog‘istonlik bloger Arujan Aybekova ishtirokida olingan “ijtimoiy tajriba” videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. U videoni instagramdagi sahifasida e’lon qilgan.

Tasvirda bloger poytaxtdagi jamoat joylarida begona erkaklar yoniga o‘tirib, ularning roziligisiz ularga tegadi. Qisqa muddat ichida lavha Instagramda tarqalib, o‘zbekistonlik foydalanuvchilar tomonidan keskin tanqidga uchradi.

Foto: Arujan Aybekova instagram sahifasi

Bloger so‘nggi postlaridagi izohlarni o‘chirib qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, Arujan Aybekova mana shunga o‘xshash ssenariyda olingan videolari orqali mashhur bo‘lgan.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.