Sanae Takaiti Yaponiyaning birinchi ayol bosh vaziri bo‘ldi

Foto: New York Times
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Yaponiya parlamenti tomonidan 21-oktabr kuni Sanae Takaiti mamlakat bosh vaziri etib tasdiqladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

U Liberal-demokratik partiya (LDP) yetakchisi sifatida «Yaponiya innovatsiyalar partiyasi» bilan koalitsiya tuzib, tarixda ilk marta ayol bosh vazir bo‘ldi.

Takaiti o‘zining qat’iy konservativ qarashlari bilan tanilgan siyosatchi. U avvalgi bosh vazir Sindzo Abening yaqin shogirdi bo‘lib, siyosiy yo‘lida Margaret Tetcherdan ilhom olganini ochiq aytgan.

LDP avval 26 yil davomida “Komeyto” partiyasi bilan birga hokimiyatda bo‘lgan, biroq partiya Takaiti saylangach, koalitsiyadan chiqib ketdi. Natijada yangi ittifoq Hirofumi Yoshimura boshchiligidagi Innovatsiyalar partiyasi bilan tuzildi. Parlamentda Takaiti uchun 237 deputat ovoz berdi, biroq yangi hukumat hali ham to‘liq ko‘pchilikni shakllantira olgani yo‘q.

Takaiti iqtisodda “Abenomika” siyosatini davom ettirish niyatida. Bu yo‘nalish pul-kredit siyosatini yumshatish, davlat xarajatlarini oshirish va strukturaviy islohotlar orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan.

U, shuningdek, sobiq bosh vazir Shigeru Isiba tomonidan AQSh bilan imzolangan savdo bitimini qayta ko‘rib chiqmoqchi. Takaitining AQSh prezidenti Donald Tramp bilan ilk uchrashuvi oktabr oxirida Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan APEC sammitida kutilmoqda.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.