Yevropa yetakchilari Putin va Tramp uchrashuvida ishtirok etmoqchi

Foto: CNN
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Ayrim Yevropa Ittifoqi yetakchilari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi kutilayotgan uchrashuvda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Politico xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Yevropa rahbarlari bu uchrashuvda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga ham joy ajratilishini istamoqda. Ularning fikricha, bu Ukraina manfaatlarini himoya qilish uchun zarur.

Yevropa tomon Tramp Rossiya bilan muzokaralarda Putinning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashi va Zelenskiyga bosim o‘tkazishi mumkinligidan xavotirda. Ular bu bosim Ukraina uchun hududiy yo‘qotishlarga olib kelishidan qo‘rqmoqda.

Avvalroq 16-oktabr kuni Putin va Tramp telefon orqali muloqot qilgan va Buxarestda uchrashuv o‘tkazilishi e’lon qilingan edi. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ham uchrashuvga tayyorgarlik faol davom etayotganini tasdiqlagan.

Ukraina prezidenti Zelenskiy esa ilgariroq Tramp bilan Oq uyda uchrashganida, AQSh–Rossiya muzokaralarida Kievning ham ishtiroki bo‘lishi kerakligini aytgan va taklif bo‘lsa, uchrashuvda qatnashishga tayyorligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, AQSh va Rossiya yetakchilari so‘nggi bor Alyaskada uchrashgan edi. Har ikki tomon ham bu sammitni muvaffaqiyatli baholagan edi. Ammo Rossiya va Ukraina mojarosini hal qilish uchun yetarli bo‘lmadi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.