Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqi rahbariyati bilan uchrashdi

Foto: Baxtiyor Saidov telegram kanali
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropaga tashrifi davomida bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda u telegram kanalida ma’lum qildi.

Vazir Yevropa investitsiya banki prezidenti Nadiya Kalvino bilan samarali muzokaralar olib borgan. Uchrashuvda O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash, yashil energetika va infratuzilmani modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi. Baxtiyor Saidovning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa investitsiya banki O‘zbekiston uchun yangi investitsiya va innovatsion imkoniyatlar yaratishda ishonchli hamkor bo‘lib qolmoqda.

Foto: Baxtiyor Saidov telegram kanali

Shuningdek, Saidov Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan uchrashdi. Suhbat davomida barqaror mintaqaviy taraqqiyotni ta’minlash, Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasida yangi ko‘priklar qurish, hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Baxtiyor Saidov telegram kanali

Tomonlar transport aloqalari, yashil energetika, innovatsiyalar va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlarini ham muhokama qilishgan.

Qaynoq24.uz nashri avvalroq Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilish o‘tkazilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.