AQSh prezidenti Donald Tramp 27–29-oktabr kunlari Yaponiyaga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda Yaponiya hukumati bosh kotibi Minoru Kixara matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
Kixaraga ko‘ra, Trampning tashrifi davomida u yangi bosh vazir Sanae Takaichi bilan muzokaralar olib boradi hamda imperator Naruxito qabulida bo‘ladi.
Bu Donald Trampning ikkinchi prezidentlik davrida Yaponiyaga amalga oshiradigan birinchi safari bo‘ladi.
Avvalroq Tramp AQSh va Yaponiya o‘rtasida ehtimol eng yirik savdo kelishuvi tuzilganini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, AQSh Yaponiyaga avtomobillar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beradi, shuningdek, ikki tomonlama 15 foizlik boj joriy etiladi.
Shuningdek, Xitoydagi tahlilchilarning fikricha, Yaponiya hozirda AQSh uchun harbiy va iqtisodiy jihatdan asosiy raqibga aylangan, bu borada u Rossiya va Xitoyni ortda qoldirgan.
Qaynoq24.uz internet nashri AQSh Yevropa Ittifoqining Rossiya aktivlarini Ukrainaga yordam uchun ishlatish rejasini qo‘llab-quvvatlamagani haqida xabar bergan edi.

