Shavkat Mirziyoyevning AQSH poytaxtiga tashrifi boshlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Vashington shahriga bordi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbarini “Endryus” aviabazasida AQSh Davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau, AQSh–O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar 5–6-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Prezident Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh yetakchilarining “S5+1” formatidagi sammitida ishtirok etadi.

Video: Prezident matbuot xizmati

Dasturdan AQSh Kongressi va hukumat vakillari bilan uchrashuvlar, mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar hamda ishbilarmon doiralar ishtirokidagi davra suhbati ham o‘rin olgan.

Shuningdek, Vashingtonda Prezident Shavkat Mirziyoyevni AQShda ishlayotgan va ta’lim olayotgan o‘zbekistonliklar kutib oldi. Davlat rahbari ular bilan samimiy suhbatlashib, yurtimiz farzandlariga o‘qish va mehnatda yuksak muvaffaqiyatlar tiladi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.