Redmi Turbo 5 smartfoni qanday imkoniyatlar bilan taqdim etiladi

Foto: Gizmochina
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Xitoyda Redmi Turbo 5 smartfoni taqdimotga tayyorlanmoqda. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

Qurilma yaqinda Xitoyning 3C sertifikatlash bazasida paydo bo‘ldi. Bu uning tez orada rasman e’lon qilinishidan darak beradi.

Yangi model dunyoda birinchi bo‘lib MediaTek Dimensity 8500 (yoki 8500 Ultra) protsessori bilan jihozlanadi. Bu chip o‘rta-flagman toifasidagi qurilmalar uchun mo‘ljallangan va energiya samaradorligi bilan ajralib turadi.

3C ma’lumotlariga ko‘ra, Redmi Turbo 5 MDY-18-EW modelidagi zaryad qurilmasi bilan ta’minlanadi. Ushbu adapter 100 Vt gacha tezkor quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Gizmochina

Shuningdek, smartfonda 9 000 mA/soatdan ortiq sig‘imga ega ulkan batareya o‘rnatilishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich uni bozordagi eng uzoq ishlovchi qurilmalardan biriga aylantiradi.

Asosiy texnik jihatlar:

  • Displey: OLED LTPS, 1.5K o‘lchamdagi aniqlik
  • Chipset: MediaTek Dimensity 8500 / 8500 Ultra
  • Batareya: 9000 mA·soat+, 100 Vt tezkor quvvatlanish
  • Tizim: Android 16, HyperOS 3 qobig‘i bilan
  • Himoya: IP68/IP69 chang va suvdan himoya standarti
  • Qo‘shimcha: ultratovushli ekran osti barmoq izi skaneri, metall ramka
Foto: ITC

Redmi Turbo 5 tashqi ko‘rinishi jihatidan yuqori sinf dizayn elementlarini saqlab qolgan bo‘lib, uzoq quvvat zaxirasi va kuchli texnik imkoniyatlar bilan e’tiborni tortmoqda.

Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, Poco X8 Pro modeli global bozor uchun aynan shu Redmi Turbo 5’ning qayta nomlangan versiyasi sifatida taqdim etilishi mumkin.

Qaynoq24.uz internet nashri o‘yinchilar uchun eng yaxshi smartfon brendlari haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.