Samsung kompaniyasining Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni Hindistonda keskin arzon narxda sotilmoqda. Bu haqda Sammobile xabar berdi.
Qurilma taqdim etilganiga to‘rt oy bo‘lgan bo‘lsa-da, kompaniya hozirgacha ko‘plab bozorlarda, jumladan Hindistonda ham uning narxini sezilarli darajada pasaytirmagan edi.
Narxlar
| Galaxy S26 Ultra versiyasi | Eski narx | Chegirma | Yangi narx |
|---|---|---|---|
| 12/256 GB | $1 467 | $157 | $1 310 |
| 12/512 GB | $1 677 | $157 | $1 519 |
| 16 GB / 1 TB | $1 991 | $157 | $1 834 |
SamMobile ma’lumotiga ko‘ra, bu Hindistonda Galaxy S26 Ultra uchun hozirgacha qayd etilgan eng past narx hisoblanadi.

Chegirma Samsung‘ning rasmiy sayti va Samsung Shop ilovasida amal qilmoqda. Kompaniya bu taklif cheklangan muddat davom etishini bildirgan. Xaridorlar, shuningdek, Advance Buyback dasturi, 12 oygacha foizsiz bo‘lib to‘lash hamda Samsung Care+ xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Ayni paytda Hindistonda chegirma faqat Galaxy S26 Ultra bilan cheklanib qolmagan. Amazon Prime Day va Flipkart GOAT Sale aksiyalari doirasida boshqa Galaxy smartfonlari ham arzonlashtirilgan narxlarda taklif qilinmoqda. Ular orasida Galaxy S25 Ultra uchun ham yirik chegirma borligi aytilmoqda.
Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S26 Ultra va Galaxy S25 Ultra akkumulyatori solishtirilgani haqida yozgan edi.


