Markaziy bank 18 ta bankni jarimaga tortdi

Foto: Ziraat bank
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank qoidabuzarlik sodir etgan 18 ta bankga 102 mln so‘mlik jarima qo‘lladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar bermoqda.

Markaziy bank sentabr–oktabr oylarida tijorat banklarining rasmiy veb-saytlarini tekshirdi. Monitoringning maqsadi — mijozlar uchun axborot oshkor etilishi borasida qonun talablariga rioya etilishini baholash va foydalanuvchilar to‘liq hamda ishonchli ma’lumot olishini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

Tekshiruv davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi. Ayrim banklarda ma’lumotlar davlat tilida joylashtirilmagani, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonun talablariga amal qilinmagani qayd etildi.

Shuningdek, qonunchilikka zid ravishda ko‘plab banklar rasmiy saytlarida kredit ta’minoti sifatida qabul qilingan garov mulklarini kreditning asosiy qarzi qoldig‘iga mutanosib tarzda bosqichma-bosqich garovdan chiqarish tartibini joylashtirmagani ma’lum bo‘ldi.

Bu kamchiliklar Agrobank, Anor bank, Hayot bank, Universal bank, Garant bank, Asakabank, Turonbank, Infinbank, Mikrokreditbank, Trastbank, Madad Invest bank, Soderot bank, Orient Finans bank, Ipoteka-bank, Tenge bank, Ziraat bank Uzbekistan, AVO bank va Open bank kabi banklarda kuzatildi.

Monitoring yakunida qoidabuzarlik sodir etgan banklarning har biriga 102 mln so‘mlik jarima qo‘llanildi. Shuningdek, kamchiliklarni bartaraf etish va rasmiy saytlarni qonunchilik talablariga to‘liq moslashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborildi.

Markaziy bank barcha tijorat banklaridan axborotlarni davlat tilida taqdim etish, veb-saytda joylashtirilgan ma’lumotlarning to‘liqligi va dolzarbligini ta’minlash hamda iste’molchilarning to‘liq, ishonchli va tushunarli ma’lumot olish huquqini qat’iy e’tiborga olishni talab qiladi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri 10-noyabr kuni oltin quymalar qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.