Filippindagi Taаl vulqoni yana otildi

Foto: NBC News
Mohinur Rajabova
3 Daqiqa o‘qish

Filippinning Lusan orolida joylashgan Taаl vulqoni yana faollashdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Taаl mamlakatdagi eng faol vulqonlardan biri bo‘lib, u poytaxt Manila shahridan taxminan 50 km janubda joylashgan.

Taal vulqoni haqida nimalar ma’lum?

Taal mamlakatdagi eng faol vulqonlardan biri hisoblanadi. So‘nggi bir necha yuz yillikda kamida 38–40 marta otilgan. Barcha tarixiy otilishlar asosan shu orolda qayd etilgan. Kuchli portlashlar tufayli ko‘l atrofidagi qishloqlar bir necha bor ko‘chirilgan. Umumiy qurbonlar soni taxminan 5–6 ming kishiga yetgan.

Taal vulqoni tuzilishi juda qiziq. Katta kaldera ichida ko‘l bor. Ko‘l ichida esa yana vulqon oroli joylashgan. Orolning o‘rtasida asosiy krater ko‘li bo‘lgan krater joylashgan. Shu sababli Taal ko‘pincha “orol ichidagi ko‘l ichidagi orol” deb tasvirlanadi.

Foto: New York Times

Vulqon bir necha marta juda kuchli otilgan. 1754-yildagi uzoq davom etgan otilish eng katta tarixiy hodisalardan biri bo‘lgan. 1911-yildagi otilish kraterning hozirgi ko‘rinishini shakllantirgan. 1965–1977-yillar orasida yana bir necha marotaba portlashlar sodir bo‘lgan. Ular ko‘l bo‘yidagi aholi punktlariga jiddiy zarar yetkazgan.

So‘nggi yillarda Taal doimiy kuzatuv ostida. 2020-yil 12-yanvarda vulqon kutilmaganda otilib, kul bulutlari Manila va boshqa hududlarga yetib borgan. Bu otilish phreatomagmatik turga kiradi. Ya’ni issiq magma ko‘l suvi bilan to‘qnashib, kuchli portlashlar bergan. Minglab odamlar evakuatsiya qilingan.

2021 va 2022-yillarda ham bir necha marta qisqa portlashlar va gaz chiqishi kuzatilgan. Sulfat dioksid gazi ko‘p chiqqan kunlarda “vog” deb ataladigan tutunli tuman paydo bo‘lgan. 2022-yil mart oyida qisqa phreatomagmatik portlash bo‘lib, yuzlab odamlar vaqtincha ko‘chirib o‘tkazilgan.

2025-yilda ham bir qator kichik otilishlar qayd etilgan. Ular asosan bug‘ va gaz aralashgan portlashlar bo‘lgan. Plume balandligi bir necha yuz metrga yetgan. Mutaxassislar bunday qisqa portlashlarni “past darajadagi faollik” deb baholagan. Shunga qaramay, orol hududi doimiy xavfli zona hisoblanadi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri AQSh “Rosatom” qurayotgan Vengriya AES loyihasiga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.