O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 13-noyabr holatiga ko‘ra oltin quymalarining sotuv narxlari yangilandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, xalqaro qimmatbaho metallar bozori harakati tufayli narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Jadval:
| Oltin miqdori | Narxi (so‘m) |
|---|---|
| 5 gramm | 8 372 000 so‘m |
| 10 gramm | 16 744 000 so‘m |
| 20 gramm | 33 488 000 so‘m |
| 50 gramm | 83 720 000 so‘m |
| 100 gramm | 167 440 000 so‘m |
Oltinning global bozordagi narxi:
Xalqaro bozorda oltinning narxi yana yuqoriladi. Joriy savdo kunida uning bir unsiyasi 4 206,45 dollarga baholandi. Bu bir kunda 96,23 dollarga oshganini anglatadi. O‘sish sur’ati — +2,34%.
Kumush narxida ham ijobiy o‘zgarish qayd etildi. Uning bir untsiyasi 53,86 dollarga teng bo‘lib, kun davomida +2,94 dollar yoki +5,78% o‘sish kuzatildi.
Avvalroq Qaynoq24.uz sayti 13-noyabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

