Xitoyning janubi-g‘arbida yangi qurilgan ko‘prikning bir qismi qulab tushdi

Foto: The Telegraph
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Xitoyning Sichuan viloyatida Tibet bilan bog‘lovchi Hongqi ko‘prigining bir qismi seshanba kuni qulab tushdi. Bu haqda NBC News mahalliy nashrlarga tayanib xabar bermoqda.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, ko‘prik yaqinidagi tog‘ yonbag‘irlari va yo‘llarda yoriqlar paydo bo‘lgach, inshoot dushanba kuni yopilgan edi.

Seshanba kuni yuz bergan ko‘chki ko‘prikning yorilib, parchalanishiga sabab bo‘ldi. Voqea Ma’erkang shahrida sodir bo‘lgan. Bu hudud zilzilalar tez-tez kuzatiladigan mintaqa bo‘lib, 2008-yilda sodir bo‘lgan 7,9 magnitudali zilzila 69 mingdan ortiq inson hayotiga zomin bo‘lgan edi.

Rasmiylar hodisa oqibatida hech kim jabrlanmaganini bildirgan. Sabablar Sichuan viloyati mutasaddilari tomonidan o‘rganilmoqda.

Mahalliy OAVning yozishicha, uzunligi 2 487 fut bo‘lgan Hongqi ko‘prigining qurilishi joriy yilda yangi yakunlangan edi. Xitoy so‘nggi yillarda infratuzilmani kengaytirishga katta mablag‘ ajratib kelmoqda. Sentabr oyida Guichjou viloyatida dunyodagi eng baland ko‘prik foydalanishga topshirilgan.

2024-yil iyul oyida esa Shanxi viloyatida avtomobil yo‘li ustidagi ko‘prikning bir qismi qulagan va kamida 11 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Xitoy AQSh tovarlariga qo‘llanilgan 24 foizlik bojni to‘xtatgani haqida xabar bergan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.