OpenAI kompaniyasi tomonidan yangi GPT-5.1 modeli ommaga taqdim etildi. Yangi avlod sun’iy intellekti vazifa murakkabligini o‘zi baholaydi.
U oddiy savollarga darhol javob beradi, murakkab mavzularda esa chuqur tahlilga o‘tadi. Shu tufayli javoblar tezroq, aniqligi esa yuqoriroq bo‘ladi.
Model foydalanuvchi bergan ko‘rsatmalarni yanada yaxshi tushunadi. U ohangni ham o‘zi moslaydi. Xohlansa professional, xohlansa samimiy yoki hazilkash tarzda javob qaytaradi. Javobning qisqaligi yoki do‘stona ohangi ham alohida belgilanishi mumkin.
GPT-5.1’da ikki yangi rejim bor. Instant rejimi tezkor javoblar uchun mo‘ljallangan. Thinking rejimi esa chuqur tahlil talab qiladigan savollar uchun ishlaydi. Auto-rejim esa qaysi biri mos kelishini o‘zi tanlaydi. Yangi model bugundan boshlab bosqichma-bosqich barcha foydalanuvchilarga yoqila boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri OpenAI yangi ChatGPT Atlas brauzerini taqdim etgani haqida yozgan edi.

