Eronda yomg‘ir duosi yig‘inlari o‘tkazilmoqda

Foto: Tasnim
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Eronning turli hududlarida yomg‘ir duosi yig‘inlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Times of Israeel xabar bermoqda. So‘nggi oylarda mamlakat poytaxtida qurg‘oqchilik kuchaygan.

Juma kuni yuzlab fuqaro shaharning shimolidagi Emomzoda Solih masjidiga yig‘ilib, yomg‘ir yog‘ishi uchun maxsus duo qildi. Ommaviy ibodat Eronning so‘nggi yillarda kuzatilgan eng og‘ir suv tanqisligi fonida o‘tkazildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tehronda yog‘ingarchilik darajasi bu yil so‘nggi 100 yil ichidagi eng past ko‘rsatkichga tushdi. Mamlakatning yarmi bo‘lgan 15 ta viloyatda esa oylar davomida bir tomchi ham yomg‘ir yog‘magan. Suv yetishmovchiligini kamaytirish uchun hukumat vaqtincha suv ta’minotini uzib turish jadvalini joriy qildi. Bu choralar 10 milliondan ortiq aholiga ega poytaxtda iste’molni cheklash maqsadida qo‘llanmoqda.

Tehron Alborz tog‘lari etagida joylashgan bo‘lib, odatda kuzda yog‘ingarchilik boshlanadi. Ammo bu yil tog‘ cho‘qqilarida ham hali qor ko‘rinmayapti. Shahar aholisi kuniga uch million kub metr suv iste’mol qiladi. Poytaxtni ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan beshta yirik suv omboridan biri to‘liq qurigan, yana biri esa bor-yo‘g‘i sakkiz foiz hajmda qolgan.

O‘tgan hafta Prezident Mas’ud Pezeshkian agar qishgacha yomg‘ir yog‘masa, Tehronda evakuatsiya masalasi kun tartibiga chiqishi mumkinligini ogohlantirgan edi. Hukumat keyinchalik bu fikr xavotir uyg‘otish uchun aytilganini, aniq rejalar haqida gap ketmayotganini ma’lum qildi.

Aholi orasida xavotir kuchaymoqda. Mahalliy OAVning yozishicha, bu yil Eron bo‘yicha yog‘ingarchilik darajasi atigi 152 millimetrni tashkil etdi. Bu — so‘nggi 57 yil ko‘rsatkichlariga nisbatan qariyb 40 foizga kam.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Indoneziyada ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 nafarga yetgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.