Jahon bozorida neft narxlari keskin oshdi. Brent crude oil iyun fyucherslari 7,1 foizga qimmatlab, $119,19 ga yetdi. Bir vaqtning o‘zida narx $119,76 gacha chiqdi. Bu ko‘rsatkich so‘nggi marta Ukraina urushi boshida kuzatilgan.
WTI crude oil ham keskin o‘sdi. Uning narxi 7,6 foizga ko‘tarilib, barrel uchun $107 dan oshdi. Narxlarning o‘sishiga Donald Trampning Eronga nisbatan bayonotlari sabab bo‘ldi. U Axiosga bergan intervyusida Hormuz bo‘g‘ozini ochishga qarshi ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu faqat Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan keyin amalga oshishi mumkin.
The Wall Street Journal ma’lum qilishicha, blokada bir necha oyga cho‘zilishi mumkin. Bu esa global neft ta’minotiga bosimni kuchaytiradi. Ayni paytda Pentagon Eron bilan urush xarajatlarini ochiqladi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ikki oy ichida AQSH $25 mlrd sarflagan. Asosiy xarajatlar o‘q-dori va harbiy ta’minotga to‘g‘ri kelgan.
Tahlillarga ko‘ra, mojaro chuqurlashishi neft bozorida noaniqlikni oshirmoqda. Hormuz bo‘g‘ozi orqali dunyo neftining taxminan 20 foizi tashiladi. Shu sababli har qanday cheklov yoki blokada narxlarga darhol ta’sir qiladi.
Muzokaralar esa hozircha natija bermayapti. AQSH va Eron o‘rtasidagi uchrashuvlar ijobiy yakuniga yetmagan. Bu esa bozorlarda xavotirni saqlab turibdi.
Qaynoq24.uz AQShda Donald Tramp surati tushirilgan pasportlar chiqarilishi haqida yozgan edi.

