Bolgariya o‘zbekistonlik quruvchilarni ishga taklif qilmoqda

Foto: Getty images
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

GLOBALHR xususiy bandlik agentligi Bolgariyaning poytaxti Sofiyada qurilish yo‘nalishida bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.

Ishga qabul qilish jarayonlarida burg‘ulash, elektr ta’minoti va payvandlash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. Asosiy talab — tanlangan yo‘nalishda amaliy ko‘nikma va rus tilini muloqot darajasida bilish. Suhbatlar noyabr-dekabr oylarida onlayn tarzda o‘tkaziladi, aniq sana agentlikning maxsus botida beriladi.

Bolgariyada ishlashni istagan va qurilish sohasi bo‘yicha tajribasi bo‘lgan 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklar suhbatda qatnashishi mumkin. Taklif etilayotgan ish o‘rni Sofiya shahrida joylashgan bo‘lib, oylik maosh kamida 1000 AQSh dollaridan boshlanadi va mutaxassisning malakasiga qarab oshadi. Ish jadvali haftasiga besh kun, kuniga sakkiz soatdan iborat. Turar joy ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi, shuningdek, aviachipta xarajatlari ham qoplanadi. Ishchi viza rasmiylashtiriladi, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlash kafolatlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish agentlikning maxsus Telegram botida amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun telefon raqami, manzil va agentlikning rasmiy sahifalari orqali murojaat qilish mumkin.

Suhbatda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’ting:
https://t.me/globalhruzbot?startapp=j_40

Aloqalar:
Tel: (+998) 958399999 (https://t.me/globalhrinfo)
@globalhruz
Manzil: Toshkent sh. Hamid Olimjon 4b
Veb-sayt: www.global-hr.uz

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri haydovchilar Germaniyaga ishga taklif qilinayotgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.