O‘zbekistonda havo tozalagichlar bojxona bojidan ozod etildi. Bu haqda prezidentning tegishli farmonida qayd etildi.
Atmosfera havosini chuqur o‘rganish va ifloslanish manbalarini aniqlash maqsadida maxsus laboratoriya tashkil etiladi. Bu tadbir havodagi PM 2.5 zarrachalarini kuzatish va tahlil qilish imkonini oshiradi.
2026-yil bahor va kuz oylarida Toshkent shahridagi 33 kmlik kichik halqa yo‘li bo‘ylab “Yashil koridor” loyihasi amalga oshiriladi. Shu bilan birga, “Yashil Toshkent” master rejasi 2026-yil 1-aprelgacha ishlab chiqiladi.
Shaharning barcha tumanlarida yashillik darajasi past bo‘lgan kamida uchtadan, uzunligi 5 kmdan kam bo‘lmagan ko‘chalar tanlab olinib, “Soyali sayr ko‘cha” konsepsiyasi joriy etiladi.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Toshkentda ayrim transport vositalari harakati cheklanishi mumkinligi haqida yozgan edi.

