Trampning boyligi 1,1 mlrd dollarga kamaydi

Foto: The Washington Post
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Trampning jami boyligi sentabrdan buyon 1,1 mlrd dollarga qisqardi. Bunga uning oilaviy texnologiya va kripto-kompaniyasi — Trump Media and Technology Group (TMTG) aksiyalarining rekord darajada arzonlashgani sabab bo‘ldi.

Forbes yozishicha, Trampning boyligi hozir 6,2 mlrd dollar. Sentabr oyida esa u rekord 7,3 mlrd dollarga yetgan edi. TMTG aksiyalari haftaning oxirida 10,18 ddollar darajasiga tushdi. Bu ko‘rsatkich kompaniya uchun tarixiy minimal darajaga yaqin. Pasayish bitcoin va boshqa tokenlar kursining keskin tushishi fonida yuz berdi.

Sentabrda Tramp so‘nggi bir yil ichida boyligini 3 mlrd dollarga oshirgani qayd etilgandi. Bu unga Forbes 400 ro‘yxatida 118 pog‘ona yuqorilab, 201-o‘rinni egallash imkonini bergan.

Boylikning o‘sishiga Tramp oilasining kripto loyihalari katta ta’sir qilgan. O‘tgan yili e’lon qilingan World Liberty Financial ham shular jumlasidan. Loyiha kripto tadbirkor Jastin Sun tomonidan $75 mln investitsiya olgan.

World Liberty Financial — 2024-yil sentabrda ishga tushirilgan DeFi platforma. U 100 mlrd dona $WLFI token yaratgan va uning 22,5 mlrd qismi Trampning DT Marks DEFI LLC kompaniyasiga berilgan. Tramp bu kompaniyaning 70 foiziga egaligi aytiladi. Tokenlar birinchi kuni 0,31 dollar darajasiga chiqqan, hozir esa 0,158 dollaratrofida savdolanmoqda. Platforma siyosatiga ko‘ra, asoschilar tokenlarni hozircha sotolmaydi, ular bosqichma-bosqich ochiladi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Tramp va Zelenskiy uchrashuvi bu hafta bo‘lmasligi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.