Eronning bir nechta viloyatlarida maktab va idoralar yopildi

Foto: Euronews
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Eronning bir nechta viloyatlarida havoning ifloslanishi sabab maktab va idoralar yopildi. Bu haqda Iranwire nashri xabar bermoqda.

Eronning yirik shaharlari keskin darajada ifloslangan havo bilan kurashmoqda. 25-noyabr kuni bir nechta viloyatlarda maktablar, oliy o‘quv yurtlari va davlat idoralari vaqtincha yopildi yoki masofaviy tartibga o‘tkazildi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, sakkizta yirik shaharda havo sifati indeksi “tanqidiy” va “sog‘liq uchun xavfli” darajaga yetgach, favqulodda shtablar tegishli qarorlarni qabul qilgan.

Tehron viloyati havo ifloslanishiga qarshi komissiyasi kotibi Hasan Abbasnejad maktablar va universitetlar seshanba hamda chorshanba kunlari masofadan ishlashini ma’lum qildi. Bog‘chalar va boshlang‘ich sinflar esa haftaning qolgan qismida to‘liq yopiq qoladi.

Tehrondagi barcha davlat idoralari hamda banklarning ma’muriy bo‘linmalari (Firozkoohdan tashqari) haftaning oxirigacha masofaviy tartibda ishlaydi. Shaharda 6:30 dan 20:30 gacha avtomobillarga “juft-toq” tartibi joriy qilinadi, yuk mashinalarining harakati esa butunlay taqiqlanadi.

Qazvin viloyatida barcha darajadagi maktablar seshanba kuni masofaviy ta’limga o‘tadi. Markaziy viloyatning Arak, Shazand va Saveh shaharlarida ham xuddi shunday choralar ko‘rilgan.

Sharqiy Ozarbayjon viloyatining to‘qqizta shahrida maktablar, oliygohlar va idoralar masofaviy faoliyatga o‘tkazildi. Yozd va Alborz viloyatlaridagi ta’lim muassasalari ham vaqtincha yopildi.

Isfahon viloyatining Kashan va Aran-Bidgol shaharlari hamda Siston va Balujistonning ayrim tumanlarida maktablar gripp tarqalishi sabab vaqtincha to‘xtatilgan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Indoneziyada it va mushuk go‘shti savdosini taqiqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.