Markaziy bank tomonidan 26-noyabr uchun oltin quymalarining narxi belgilandi. Unga ko‘ra, 5 grammli quyma 8 million 278 ming so‘m etib belgilandi.
10 grammli quyma 16 million 556 ming so‘m, 20 grammli quyma 33 million 111 ming so‘m, 50 grammli quyma 82 million 779 ming so‘m, 100 grammli quyma esa 165 million 557 ming so‘m etib belgilangan. Regulyator narxlar xalqaro qimmatbaho metallar bozoridagi o‘zgarishlarga qarab kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini ham ma’lum qildi.

Oltinning global bozordagi narxi qanday?
Xalqaro bozorlarda oltin narxi yana ko‘tarildi. Joriy savdo sessiyasida oltinning bir unsiyasi 4 167,51 dollarga yetib, kun davomida 25,08 dollarga yoki 0,61 foizga oshgan. Kumush bozori ham o‘sish tendensiyasini namoyish etmoqda — bir unsiya kumush narxi 52,13 dollarni tashkil etib, 0,82 dollarga yoki 1,59 foizga ko‘tarilgan.
So‘nggi oylik va yillik dinamikalar oltin narxining barqaror o‘sishini tasdiqlaydi. Valyuta narxlaridagi tebranishlar, geosiyosiy xavotirlar va investorlarga xos xavfsiz aktivlarga talabning ortishi fonida oltin bugun 24,75 dollarga (+0,60%) qimmatlashgan. O‘tgan 30 kun ichida narx 175,02 dollarga (+4,41%) oshgan bo‘lsa, olti oy ichida deyarli 841 dollarga (+25,47%) ko‘tarilgan. Bir yillik o‘sish 1 501,75 dollarni (+56,87%) tashkil qiladi. So‘nggi besh yilda oltin narxi 2 355,58 dollarga (+131,83%), 20 yil davomida esa 3 646,45 dollarga (+735,19%) oshgani qayd etilgan.
Qaynoq24 26-noyabr kuni valyuta kurslari qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

