Hamas siyosiy partiya bo‘lishi mumkin

Foto: Vikipediya
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Hamas siyosiy partiya bo‘lishi mumkin. Saudiya Arabistonining Asharq Al-Awsat gazetasida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, G‘azo sektorida va undan tashqarida faoliyat yuritayotgan Hamas rahbariyati harakatning kelajakdagi strategiyasi bo‘yicha bir nechta variantlarni muhokama qilmoqda.

Noma’lum manbalarga tayanilgan holda aytilishicha, ushbu tashabbus Hamasning harbiy qanotini tugatishni hamda harakatni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda faol ishtirok eta oladigan tashkilot sifatida qayta shakllantirishni ko‘zda tutadi.

Taklifga ko‘ra, Hamas Falastin Prezidenti Mahmud Abbos boshchiligidagi Falastin Ozodlik Tashkiloti (FOT) safiga qo‘shilishi mumkin. Manba ta’kidlashicha, FOT tarkibiga kirish Hamasni boshqa falastinlik guruhlar qatorida muhim siyosiy o‘yinchiga aylantirib, Falastin hududlarida siyosiy jarayonlarni qayta faollashtirishi mumkin.

Hamas yetakchilari ikki yillik urush, yuqori talafotlar va aholi orasida qo‘llab-quvvatlashning kamaygani sharoitida harakatning siyosiy partiyaga aylanishi uning “quroldan tashqari shaklda omon qolishiga” xizmat qilishi mumkinligini tan olayotgani aytilmoqda.

Bu muhokamalar avvalroq Misr, Qatar va Turkiya bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlarning davomi sifatida ko‘rilmoqda. Masala AQSh bilan ham bilvosita muhokama qilingan.

Qaynoq24.uz nashri Suriyada norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tayotgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.