Xitoyda Honor 500 Pro smartfoni rasmiy ravishda savdoga chiqarildi. Ushbu model bilan birga standart Honor 500 ham taqdim etilgan.
Eng katta e’tiborni tortgan jihat — har ikkala qurilma 8000 mA/soat sig‘imli Qinghai Lake batareyasiga ega bo‘lgani holda atigi 7,75 mm qalinlikda bo‘lishi. Bu ularni bozoridagi eng ingichka, ammo yirik batareyali smartfonlarga aylantiradi.
Honor 500 modeli Snapdragon 8s Gen 4 protsessorida ishlaydi, Pro versiyasi esa yuqori unumdorlikka ega Snapdragon 8 Ultra (yoki Snapdragon 8 Elite sifatida tanilgan) chipidan foydalanadi. Narxlar 12/256 GB xotirali Honor 500 uchun 380 dollardan boshlanadi va 16 GB/1 TB xotirali Honor 500 Pro modelida 675 dollargacha yetadi.
Qurilmalar 6,55 dyuymli 1.5K Oasis displeyiga, ko‘z himoyasi uchun ilg‘or texnologiyalarga, yangicha Crystal Island kameralar dizayniga va to‘rtta rang variantiga ega. Asosiy kamera 200 MP (1/1.4″) sensorga tayangan bo‘lib, Pro modelida sinfida eng yuqori darajadagi stabilizatsiya — CPIA 5.0 qo‘llanadi. Shuningdek, tezkor suratga olish tugmasi va 50 MP telefoto kamera mavjud. Honor Phantom Engine esa mashhur MOBA o‘yinlarda barqaror 120 fps ishlashni ta’minlaydi.
Pro versiyada qo‘shimcha ravishda 50 Vt quvvatli simsiz zaryadlash, 3D ultratovushli barmoq izi skaneri va 27 Vt quvvatli teskari zaryadlash funksiyasi mavjud. Har ikki model 80 Vt simli zaryadlash, NFC, stereo dinamiklar va to‘liq navigatsiya tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Honor 500 Pro o‘z segmentida kuchli texnik jihatlar, yuqori himoya darajasi va qulay narx uyg‘unligi bilan bozorga jiddiy raqobatchi bo‘lib kirib kelmoqda.
Qaynoq24.uz Honor yangi smartfonni sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgan edi.


Qachon endi oʻzbekistonga kiradi
Uzb kirib kelgandan keyin 3 oy aotib yana narx tashlab yubirmasmikan
Uzbga kirib kelgandan keyin 3 oy aotib yana narx tashlab yubirmasmikan