Vivo S50 rasman taqdim etildi

Foto: Vivo
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Vivo dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan taqdimot oldidan Vivo S50 seriyasi haqida muhim ma’lumotlarni oshkor qildi. S50 Pro Mini modeli flagman darajasidagi Snapdragon 8 Gen 5 chipi bilan kelayotgan bo‘lsa, standart Vivo S50 ham o‘z segmentida kuchli raqobatchiga aylanmoqda. Yangi Geekbench ma’lumotlari va rasmiy tizerlar qurilmaning asosiy jihatlarini tasdiqladi.

Quvvat: Snapdragon 8s Gen 3 tasdiqlandi

Vivo S50 (V2582A) Geekbench bazasida paydo bo‘lib, unda smartfon Snapdragon 8s Gen 3 protsessori bilan ishlashi aniq bo‘ldi. Ushbu chip flagmanlarga yaqin yuqori performansni taqdim etadi. Qurilmada 16GB LPDDR5x tezkor xotira va UFS 4.1 doimiy xotira qo‘llangan.

Test natijalari quyidagicha:

  • Single-Core: 2044
  • Multi-Core: 5851

Smartfon Android 16 bilan ishga tushadi. Bu esa foydalanuvchilar uchun eng so‘nggi dasturiy imkoniyatlarni taqdim etadi. Snapdragon 8s Gen 3 qo‘llanilishi Vivoning o‘z smartfonini nisbatan qabul qilinadigan narxda deyarli flagman darajasida taklif qilish niyatidan dalolat beradi.

Dizayn va asosiy texnik tafsilotlar

Rasmiy tizerlar qurilmaning tashqi ko‘rinishini yanada oydinlashtirdi:

  • Premium korpus: aviatsiya darajasidagi metall ramka, qo‘lda yuqori sifatli hissiyot beradi.
  • Kamera dizayni: yumaloqlashtirilgan kvadrat blok ichki qismida joylashgan uchburchak shaklli kamera joylashuvi — iPhone’ga o‘xshash, a o‘ziga xos uslubda.
  • 90W tezkor quvvatlash: 3C sertifikati orqali tasdiqlangan.

Displey va kamera haqidagi ma’lumotlar

Model 6.59 dyuymli OLED, 1.5K resolution va 120H yangilanish chastotasiga ega. Sony IMX882 50 periskop telefoto kamera bo‘lishi kutilmoqda. Bu flagman darajasidagi zoom imkoniyatini beradi.

Qaynoq24.uz nashri Honor 500 Pro sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.