Honor X6e smartfoni taqdim etildi — foto, narx

Foto: Honor
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Honor kompaniyasi tomonidan katta sig‘imli akkumulyator va mustahkam korpus bilan jihozlangan yangi Honor X6e smartfoni taqdim etildi. Qurilma Malayziyada $170 narxda sotuvga chiqarildi.

Honor X6e 1604 × 720 piksel aniqlikdagi 6,61 dyuymli IPS displeyga ega. Ekranning yangilanish chastotasi 120 Hz, maksimal yorqinligi esa 1010 nitni tashkil etadi. Shuningdek, ko‘zga tushadigan yuklamani kamaytirishga mo‘ljallangan Eye Comfort va Dynamic Dimming texnologiyalari qo‘llab-quvvatlanadi.

Foto: Honor

Smartfon MediaTek Helio G81 Ultra protsessorida ishlaydi. Model 4 yoki 6 GB tezkor xotira hamda 256 GBgacha ichki xotira bilan taklif etiladi.

Qurilmaning asosiy xususiyatlaridan biri 7500 mA/soat sig‘imli akkumulyator bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, smartfon bir marta quvvatlanganda qariyb 30 soat uzluksiz video namoyish eta oladi. Batareya 45 Vt quvvatli tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Honor X6e’ning asosiy kamerasi 50 MP, old kamerasi esa 5 MP aniqlikka ega. Frontal kamera foydalanuvchining yuzini aniqlash orqali smartfonni qulfdan chiqarish imkonini ham beradi.

Foto: Honor

Qurilma IP64 standarti bo‘yicha chang va suv sachrashidan himoyalangan. Smartfonning zarba va tushishga chidamliligi SGS sertifikati bilan tasdiqlangani aytilmoqda.

Model Bluetooth 5.1, ikki diapazonli Wi-Fi, USB-C porti va yon tomonga joylashtirilgan barmoq izi skaneri bilan jihozlangan. Honor X6e Android 16 asosidagi MagicOS 10 operatsion tizimida ishlaydi.

Smartfon qora va oltin ranglarda ishlab chiqarilgan. Hozircha Honor X6e’ning boshqa mamlakatlarda sotuvga chiqarilish sanasi va narxi ma’lum qilinmagan.

Qaynoq24.uz Honor X7e Plus smartfoni sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.