Venesuela AQShdan havo hududiga hurmat bilan yondashishni talab qildi. Bu haqda Venesuela hukumati rasmiy bayonotida ma’lum qilindi.
Bayonot matni hukumatning rasmiy saytida e’lon qilingan. Hukumat o‘z murojaatida AQShni Venesuela havo makoniga qat’iy hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi.
“Venesuela o‘z hududi ustidagi havo makoniga nisbatan xalqaro fuqarolik aviatsiyasi qoidalari bilan himoyalangan mutlaq suverenitetni talab qiladi”, — deyiladi bayonotda.
Venesuela tomoni har bir davlat o‘z havo hududi ustidan to‘liq va inkor etilmas suverenitetga ega ekanini alohida ta’kidladi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela va unga yondosh hududlar ustidagi havo makonini yopilishini e’lon qilgan edi. U o‘z murojaatida barcha aviakompaniyalar, uchuvchilar, narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchilar va odam savdosi ishtirokchilariga murojaat qilgan.
Qaynoq24.uz Tramp Maduro bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida yozgan edi.

