Honor Magic 8 Pro smartfonining global savdosi boshlandi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda. Model bir oy avval Xitoyda taqdim etilgandi va u Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipiga ega ilk qurilmalardan biri bo‘ldi.
Honor Magic 8 Pro modelining global versiyasi 7 100 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlanib, 100 Vt quvvatda simli va 80 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Xitoy versiyasida esa 7 200 mA/soat sig‘im hamda 120 Vt quvvat mavjud. Boshqa barcha texnik xususiyatlar bir xil.

Smartfon MagicOS 10 (Android 16) tizimida ishlaydi. Unda 6,71 dyuymli LTPO OLED displey, 1,5K (1 256×2 808) ruxsat va 120 Hz yangilanish tezligi bor. Honor displey maksimal yorqinligi 6 000 nitga yetishini ta’kidlaydi. Qurilma Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi, Adreno 840 GPU, 16 GBgacha tezkor va 1 TBgacha doimiy xotira bilan taqdim etiladi.
Asosiy kamera tizimi 200 megapikselli 1/1,4 dyuymli sensor, 3,7 martalik optik zum va 100 martalik raqamli zumni taklif qiladi. Shuningdek, 50 megapikselli 1/1,3 dyuymli stabilizatsiyali sensor hamda 50 megapikselli ultra-keng kamera mavjud. Old panelda 50 MP selfie kamerasi va 3D chuqurlik sensori o‘rnatilgan.

Smartfon IP68, IP69 va IP69K himoya standartlarini olgan. U 5G, Wi-Fi 7, Bluetooth 6.0, GPS, Galileo, GLONASS, Beidou, NFC va USB-C orqali ulanadi. Ultrasonik barmoq izi skaneri, akselerometr, giroskop, kompas, yorug‘lik va yaqinlik sensorlari mavjud. O‘lchamlari 161,15×75×8,32 mm, vazni 219 g.
Malayziyada 12/512 GB talqini RM 4 599 (1,1 ming dollar) turadi.
Xitoyda boshlang‘ich narx 5 999 yuan (840 dollar) bo‘lib, Velvet Black, Snow White, Azure Glaze va Sunrise Gold Sand ranglarida taqdim etiladi.
Qaynoq24.uz Honor yangi smartfonni sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgan edi.


Oʻzbekistonda hammi