O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari ishlash uchun haq to‘lash tartibi qanday

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari ishlash uchun haq to‘lash tartibi yangilandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilindi. 11 noyabr 2025-yilda qabul qilingan QR-1095-sonli qonun bilan Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda ish vaqtidan tashqari ishning yillik davomiyligi 120 soatdan oshmasligi talab qilinmaydi. Shu bilan birga, ish beruvchilar xodimlarga qo‘shimcha ish vaqti uchun quyidagi tartibda haq to‘lashlari belgilandi:

  • Bir kundagi birinchi 2 soat ish uchun kamida 1,5 hissa to‘lov;
  • 2 soatdan ortiq ishlagan qismi uchun esa kamida 2 hissa to‘lov belgilandi.

Biroq, agar ish sharoitlari noqulay bo‘lsa, har bir soat uchun kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lanadi.

Ushbu o‘zgarishlar ishchilarning huquqlarini himoya qilish va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan. Endi ish beruvchilar xodimlarga ortiqcha ish vaqti uchun adolatli va qonuniy to‘lov amalga oshirishlari majburiy bo‘ladi.

Qaynoq24.uz O‘zbekiston fuqarolari uchun maosh bankini tanlash huquqi joriy etilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.