Oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish jarayoni 2025-yil 20-dekabrdan boshlanadi. Bu faqat ikki turdagi uzrli sabablar asosida va oflayn tartibda amalga oshiriladi. Talaba yoki uning yaqin qarindoshi hujjatlarni shaxsan topshirishi shart.
Qishki o‘qishni ko‘chirish faqat davlat OTMlari o‘rtasida ruxsat etiladi. Buning uchun quyidagi uzrli sabablar bo‘lishi kerak:
Talaba oila qurgan taqdirda va turmush o‘rtog‘ining doimiy yashaydigan hududidagi OTMga o‘qishini ko‘chirish istagi bo‘lsa;
Davlat organlari xodimining ish joyi o‘zgargan hollarda, uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lsa. Bunda tegishli vazirlik yoki idora rahbarining tavsiya xati talab qilinadi.
Qaynoq24.uz arxiv xizmatlari muddati 2026-yildan boshlab qisqartirilishi haqida yozgan edi.

