O‘zbekistonda binolar zilzila bardoshligini ta’minlash bo‘yicha yangi tartiblar joriy etiladi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Bu haqda Prezidentning “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini ta’minlashda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–236-son farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, davlat nazorati va boshqaruvini kuchaytirish bo‘yicha qator ustuvor vazifalar belgilandi. Jumladan, noqonuniy qurilishlarning oldini olish, bunday holatlarni erta aniqlash va bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, qurilish-pudrat tashkilotlarining obyektlarda zilzilabardoshlikni ta’minlash bo‘yicha javobgarligi oshiriladi.

2026-yil 1-yanvardan bir qator yangi tartiblar kuchga kiradi. Unga muvofiq, ikki va undan ko‘p qavatli barcha ko‘p xonadonli uylarni instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazishga ruxsatga ega ixtisoslashgan loyiha tashkilotlarining ro‘yxati shakllantiriladi va “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida ularning reytingi yuritiladi.

Shuningdek, ushbu tizimda instrumental-texnik tekshiruv xulosalari asosida binolarning texnik holati muntazam monitoring qilinadi. Eng muhimi, tekshiruv xulosalarini tavsiyaviy tarzda berish amaliyoti bekor qilinadi. Faqat ijobiy xulosa olingan taqdirda, ko‘p qavatli uylar bo‘yicha foydalanishga ruxsat beriladi.

Qaynoq24.uz OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayoni 20-dekabrdan boshlanishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.