Ozarbayjonda muxolifat yetakchisi Ali Kerimli hibsga olindi. Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.
Ozarbayjonning Saboil tuman sudi 1-dekabr kuni “Ozarbayjon Xalq Jabhasi” (PXJA) partiyasi yetakchisi Ali Kerimlini ikki oy 15 kunga qamoqqa olishga qaror qildi. U hokimiyatni zo‘rlik bilan egallashga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblanmoqda. Ayblov isbotlansa, unga 12 yildan umrbod qamoqqacha jazо qo‘llanishi mumkin.
Kerimli 29-noyabr kuni qo‘lga olingan edi. Davlat OAV xabariga ko‘ra, tintuv vaqtida undan sobiq prezident ma’muriyati rahbari Ramiz Mehtiyevga tegishli deb aytilayotgan bir necha xatlar topilgan. Mehtiyevning o‘zi 2025-yil oktabr oyida davlat to‘ntarishiga urinish va davlatga xiyonat kabi ayblovlar bo‘yicha uy qamog‘iga olingan.
Reuters manbasiga ko‘ra, rasmiylar Kerimlini Mehtiyevdan moliyaviy yordam olganlikda ayblamoqda. Kerimli barcha ayblovlarni rad etib, ularning siyosiy sabablar bilan qo‘llanilayotganini ta’kidlagan. Bu haqda uning advokati Reuters’ga ma’lum qilgan.
Qaynoq24.uz Boku biznes markazida portlash bo‘lgani haqida yozgan edi.

