Rossiya va AQSH Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasida kelishuvga erisha olmadi

Foto: Anadolu Agency
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Rossiya va AQSH Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasida kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda Tengrinews nashri xabar bermoqda. Kreml ma’lum qilishicha, AQSHning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasida eng asosiy masala — hududiy masalada tomonlar murosaga kelmadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQSHning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kushner bilan uchrashuvdan so‘ng, prezident yordamchisi Yuriy Ushakov vaziyatga izoh berdi. Uning aytishicha, AQSH taklif qilgan ayrim g‘oyalar Rossiya uchun qisman maqbul bo‘lishi mumkin, ammo ular bo‘yicha yana batafsil muzokara talab etiladi.

Ushakov hududiy masalani Rossiya uchun eng muhim masala deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi AQSH formulirovkalari Rossiya uchun mos kelmaydi. U aynan qaysi hududiy takliflar muhokamada bo‘lganini ochiqlamadi. Putin va AQSH delegatsiyasi o‘rtasidagi uchrashuvda hujjatlarning aniq matni emas, balki ularning mohiyati muhokama qilingan.

Ushakovning ta’kidlashicha, Rossiya ayrim bandlarga rozi bo‘lishi mumkin, biroq bir qator takliflar tanqidga sabab bo‘lgan. Shunga qaramay, u muzokaralar foydali o‘tganini qayd etdi. Uchrashuv taxminan besh soat davom etgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa avvalroq AQSH delegatsiyasining Moskva tashrifidan keyingi signallarni kutayotganini bildirgan edi. U tinchlik rejasidagi eng nozik uch yo‘nalishni sanab o‘tdi: hududlar masalasi, Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanish bo‘yicha Yevropa qarori, shuningdek, AQSH va Yevropa davlatlaridan xavfsizlik kafolatlari.

Zelenskiy Uitkoff bilan avval ham muloqot bo‘lgani, Kiev esa keyingi aloqa va hatto Ukraina hududida uchrashuvga tayyor ekanini aytdi.

Qaynoq24.uz Ukraina va AQSh rasmiylari Rossiya urushini tugatish bo‘yicha muzokaralarni muhokama qilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.