Zelenskiy Putinga yuzma-yuz uchrashuv taklif qildi

Foto: EPA
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Zelenskiy bu taklifni Putinga yo‘llagan ochiq maktubida bildirdi. U urushni tugatish uchun Ukraina va Rossiya o‘rtasida bevosita muloqot zarurligini ta’kidladi. Ukraina yetakchisining aytishicha, Yevropadagi urush yana AQSh e’tibor markaziga qaytishini shunchaki kutib o‘tirish noto‘g‘ri bo‘ladi.

Zelenskiy muzokaralar davomida to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishni ham taklif qildi. Biroq Putin payshanba kuni bunday shartni rad etdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ikki yetakchi uchrashsa, bu “ajoyib bo‘lishini” aytdi.

Kreml Zelenskiyning maktubi olinganini tasdiqladi. Rossiya tomoni Putin bu xat mazmuni bilan tanishtirilishini bildirdi. Zelenskiyning maktubi keskin ohangda yozilgani aytilmoqda. Unda Ukraina Rossiya hududiga bergan so‘nggi zarbalar ham eslatilgan.

Ukraina prezidenti Putinning uzoq yillik hokimiyatiga ham kinoyali ishora qilgan. U “26 yillik hokimiyatdan so‘ng yosh o‘z ta’sirini ko‘rsata boshlaganini” yozgan. Shunga qaramay, maktubda bevosita muzokaralar taklifi ilgari surilgan.

Kreml esa avvalgidek Zelenskiy Putin bilan Moskvada uchrashishi mumkinligini bildirdi. Zelenskiy maktubida AQSh hozir Eron masalasiga to‘liq e’tibor qaratganini ham tan oldi.

Putin esa Sankt-Peterburgdagi iqtisodiy forum doirasida xorijiy jurnalistlar bilan suhbatda Ukraina bilan kelishuvga tayyorligini aytdi.

Putinning fikricha, Tramp Eron masalasi bilan band bo‘lgan bir paytda Yevropa Ittifoqi Zelenskiyni hududlardan voz kechishga ko‘ndirishi mumkin.

Qaynoq24.uz Rossiya besh nafar britaniyalikka sansksiya kiritgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.