Jizzax viloyatining Baxmal tumanida traktor-mashinist haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq korrupsion holat aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baxmal tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tezkor tadbir o‘tkazdi. Tadbirda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Sharof Rashidov tumani bo‘limi boshlig‘i D.O. va bosh mutaxassisi A.Sh. qo‘lga olindi.
Tergovga qadar tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, ular o‘zaro til biriktirgan.
Ular fuqaro A.T.ga qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma olib berishni va’da qilgan.
Buning evaziga ular 3,8 mln so‘m talab qilgani aytilmoqda. Mansabdor shaxslar ushbu pulni fuqaro F.A. orqali olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ushbu modda pora olish bilan bog‘liq jinoyatlarni nazarda tutadi. Hozirda ish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz yuz kbdan ortiq narkotik moddalar to‘xtatib qolingani haqida yozgan edi.


