Yevropa Ittifoqi SI-kontentga majburiy belgi qo‘yadi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

2-avgustdan Yevropa Ittifoqi hududida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan yoki o‘zgartirilgan kontentni majburiy belgilash talablari kuchga kiradi. Bu haqda Euronews nashri ma’lum qildi.

Yangi qoidalar YI hududida faoliyat yurituvchi SI tizimlari ishlab chiquvchilari va bunday texnologiyalardan professional maqsadda foydalanadigan kompaniyalarga tatbiq etiladi.

Generativ modellarni taqdim etuvchi kompaniyalar tasvir, audio, video yoki matnning sun’iy intellekt yordamida yaratilganini aniqlash imkonini beradigan mashina o‘qiydigan belgilarni joriy qilishi kerak bo‘ladi. Foydalanuvchi chatbot yoki boshqa SI xizmati bilan muloqot qilayotganida ham bu haqda oldindan ogohlantirilishi lozim.

Ayniqsa, haqiqiy insonlarning tashqi ko‘rinishi, ovozi yoki harakatlarini taqlid qiluvchi realistik tasvirlar, audioyozuvlar va videolarga nisbatan qat’iy talablar belgilanmoqda. Bunday dipfeyklarni yaratgan yoki tarqatgan shaxslar material sun’iy intellekt yordamida tayyorlangani yoki o‘zgartirilganini aniq va ko‘zga tashlanadigan shaklda ko‘rsatishi kerak.

Jamoatchilik uchun muhim mavzularga bag‘ishlangan, SI yordamida yozilgan hamda to‘liq tahririy nazoratsiz e’lon qilinadigan matnlar ham tegishli belgi bilan beriladi. Badiiy, hajviy, kulgili va to‘qima asarlarga yengillashtirilgan talablar qo‘llanishi mumkin, biroq ularning sun’iy kelib chiqishi baribir ochiqlanishi shart.

Yevropa Ittifoqi nazoratni kuchaytirishiga generativ texnologiyalar yordamida yaratilayotgan soxta tasvirlar, video va audioyozuvlarning tobora real ko‘rinish olayotgani sabab bo‘ldi. Bunday materiallardan yolg‘on axborot tarqatish, siyosiy manipulyatsiya va real odamlar ishtirokidagi roziliksiz ochiq kontent yaratishda foydalanilishi mumkin.

Qaynoq24.uz NATO sammiti 22-yildan so‘ng yana Turkiyada o‘tgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.