Ukraina AQShga o‘zaro xavfsizlik kafolatlarini taklif qildi

Foto: Pexels / Ales Ussіnao‘
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Ukraina AQShga ikki tomonlama xavfsizlik kafolatlarini taklif qildi. Bu haqda Ukrainaning AQShdagi elchisi Olga Stefanishina ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Kiyev Vashingtondan faqat xavfsizlik kafolati olishni emas, balki AQSh milliy xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham majburiyat olishga tayyor.

Taklif o‘zaro majburiyatlar tamoyiliga asoslanadi. Ya’ni AQSh Ukrainaga xavfsizlik bo‘yicha kafolat beradi, Ukraina esa o‘z navbatida Qo‘shma Shtatlar xavfsizligiga hissa qo‘shishini rasman bildiradi. Stefanishinaning ta’kidlashicha, Ukraina va AQSh o‘rtasida foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv mavjud. Shuningdek, tomonlar dronlar bo‘yicha yangi bitim ustida ishlamoqda.

Kiyev ushbu hamkorlik orqali AQSh xavfsizligiga qo‘shayotgan hissasi tan olinishini istamoqda. Elchi bu borada Ukraina o‘z imkoniyatlarini kengroq ko‘rsatishga harakat qilayotganini bildirdi.

Avvalroq Ukrainaning sobiq tashqi ishlar vaziri mojaro bo‘yicha ehtimoliy kelishuv haqida fikr bildirgani xabar qilingandi.

Qaynoq24.uz Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 90 milliard yevrolik kredit bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.