Andijon tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Andijon tumanida uy-joyda yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 2-dekabr kuni soat 22:33 da Andijon tumani “Kurama” MFY, Serfayz ko‘chasidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘lgani haqida 112 tizimi orqali FVBga murojaat kelib tushgan.

Hodisa joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yuborilib, ular soat 22:44 da manzilga yetib borgan. Yong‘in soat 22:49 da o‘rab olingan va soat 23:30 ga kelib to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida uy shiftining bir qismi, tom konstruksiyalari hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari zarar ko‘rgan.

Hodisaning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha faoliyatlar endi litsenziya asosida amalga oshirilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.