Buyuk Britaniyada Samsung TikTok Shop do‘konini ishga tushirdi. Bu haqda Sammobile portali xabar bermoqda. Bu orqali foydalanuvchilar TikTok ilovasi ichida Samsung mahsulotlarini ko‘rish va xarid qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Yangi do‘kon Samsung kompaniyasining AQShda TikTok Shop’ni ishga tushirganidan bir hafta o‘tib ochildi. Endilikda Samsung TikTok Shop’da mavjud bo‘lgan eng yirik texnologiya brendi hisoblanadi.
Platformada Britaniya foydalanuvchilari uchun Samsung‘ning smartfonlar, aqlli soatlar, planshetlar, quloqchinlar, televizorlar va changyutkichlardan iborat tanlangan to‘plami taqdim etiladi. Kompaniya 2026-yilda mahsulot turlarini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.

TikTok Shop orqali xaridorlar faqat ushbu platformaga xos bo‘lgan maxsus chegirmalar va takliflardan ham foydalanishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, mahsulotlar shoppable videolar va jonli efirlar orqali namoyish qilinadi.
Samsung 11-dekabr kuni o‘zining ilk TikTok LIVE shopping tadbirini o‘tkazishni rejalashtirgan. Jonli efir davomida kompaniyaning mahsulot bo‘yicha ekspertlari qurilmalar haqida batafsil ma’lumot beradi. Foydalanuvchilar esa aynan shu seans davomida taqdim etiladigan eksklyuziv chegirmalardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Qaynoq24.uz Samsung S26 Ultra quvvatlash tizimi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.


U yerdan narsa xarid qilsa boʻladimi