6-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

6-dekabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kechasi va ertalab tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-2°, kunduzi 9-11° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim hududlarda tuman kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s atrofida bo‘ladi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiyda ham havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s gacha esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatida kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi 8-13° iliq atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zan 2° sovuq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada ob-havo yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Shamol 5-10 m/s gacha esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Yog‘in yomg‘ir yoki qor ko‘rinishida bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 5-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.