Samsung foydalanuvchilariga yangi xizmatni taqdim etadi

Foto: Rolling Stone
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Samsung Health ilovasiga eshitishni himoya qiluvchi yangi funksiyalar qo‘shilishi mumkin. Bu haqda Android Authority nashri xabar bermoqda.

Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy telefonlari, soatlari va aqlli uzuklari orqali sog‘liqni kuzatish imkonini beradigan Samsung Health ilovasiga yana bir muhim funksiyani qo‘shishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ilovaning Android uchun chiqarilgan 6.31.2.003 versiyasidan “Noise” (Shovqin) nomli yangi karta aniqlangan, biroq u hozircha foydalanuvchilarga ochiq emas.

Atrofdagi shovqinni aniqlab, ogohlantiradi

Yangi “Noise” funksiyasi telefon mikrofonidan foydalanib atrofdagi shovqin darajasini o‘lchaydi va natijani foydalanuvchiga ko‘rsatadi. Shuningdek, “Advanced Measurement” (Kengaytirilgan o‘lchash) opsiyasi mavjud bo‘lib, uni yoqqanda shovqinni kun davomida Galaxy soatining mikrofonlari orqali muntazam kuzatib boradi.

Agar shovqin belgilangandan yuqori darajaga ko‘tarilsa, ilova foydalanuvchini ogohlantiradi. Talabga qarab 80 dB dan 100 dB gacha bo‘lgan chegarani 5 dB oraliqda sozlash mumkin.

Ilova qurilmaning o‘z ovoz darajasini ham nazorat qiladi

Yangi imkoniyatlar nafaqat tashqi shovqinni, balki telefonning o‘zidagi audio darajasini ham kuzatadi. Agar qurilmaning ovoz balandligi xavfli darajaga yetadigan bo‘lsa, Samsung Health bu haqda ogohlantirish yuboradi.

Funksiya hozircha yashirin

Samsung bu funksiyalarni qachon ommaviy tarzda ishga tushirishi haqida hozircha ma’lumot bergani yo‘q. Ammo kompaniyaning sog‘liqni himoya qilish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirayotgani ushbu xizmat yaqin orada rasmiy tarzda e’lon qilinishini anglatishi mumkin.

Qaynoq24.uz eng yaxshi Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.