Tailandda maymun tishlagan erkak vafot etdi

Foto: Getty images
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Tailandning janubidagi Yala provinsiyasida yovvoyi maymun uyga bostirib kirib, 63 yoshli erkakning o‘limiga sabab bo‘ldi. Mahalliy OAVning qayd etishicha, Chaiphum Sae-eung ismli fuqaro tanasida o‘nlab tishlash va tirnalish izlari bilan topilgan.

Voqea sodir bo‘lishidan avval ham maymun hudud aholisi uchun xavf tug‘dirayotgan edi. Qishloq aholisi hayvonning bir necha kun davomida tajovuzkor bo‘lib, hududdan o‘tib yurayotgan urg‘ochi maymun ergashib yurganini aytmoqda. Hatto bir oila maymun sabab uydan vaqtincha ko‘chib ketishga majbur bo‘lgan.

Marhumdan o‘n kun oldin ham aynan shu hayvon uning yelkasini tishlab olgani ma’lum bo‘ldi. O‘sha kuni esa maymun uning uyiga bostirib kirib, shafqatsiz hujum qilgan.

Sae-eungning jasadini uning jiyani Pipat Sae-eung topgan. U amakisining devor yonida yiqilgan holatda, atrofini qon bosganini aytgan. Marhum qo‘lida o‘zini himoya qilish uchun ishlatgan metall tayoqni ushlab bo‘lgan.

Politsiya hayvon qurbonni avval tirnab, keyin esa oyog‘ining bir qismini tishlab yulib olgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Maymun voqea tekshirilayotgan paytda ham uy tomining ustunlarida o‘tirgan holda kuzatilgan.

Mahalliy politsiya boshlig‘i mayor Jakkarin Laksananing aytishicha, maymunni ko‘rinishi bilan yo‘q qilish bo‘yicha buyruq berilgan.

Qaynoq24.uz Hindistonda yo‘lbars fermerni parchalab o‘ldirgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.