13-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston Respublikasida 13-dekabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kechki payt yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan g‘arbga yo‘nalishni o‘zgartirib, 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–7 daraja iliq, kunduzi 9–11 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo ba’zi hududlarda tuman kuzatilishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s atrofida esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy yo‘nalishdagi shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida kun o‘zgaruvchan bo‘lib, kechga yaqin ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman kuzatilishi ehtimoli mavjud. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 6–11 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo o‘zgaruvchan, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi esa 6–11 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada ham havo biroz o‘zgaruvchan bo‘lib, kechgacha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–6 daraja iliq, kunduzi 6–11 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik — yomg‘ir va qor ko‘rinishida — kuzatiladi, ayrim joylarda yog‘in kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli bor. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi qayd etilgan. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda, ba’zi hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayib esishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 12-dekabr kuni qaday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.