O‘zbekistonda 15-dekabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, ayrim paytlarda qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 1–3 daraja iliq, kunduzi esa 3–5 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik prognoz qilinmagan. Ayrim joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Shamol tezligi 7–12 metrni tashkil etadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi hududlarda esa qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli mavjud. Harorat kechasi va kunduzi 0–5 daraja iliq atrofida saqlanadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli saqlanib qoladi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda. Harorat kechasi va kunduzi 0–5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Qaynoq24.uz 13-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

