16-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
3 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 16-dekabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 1 daraja sovuqdan 1 daraja iliqqacha, kunduzi esa 7–9 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuqni, kunduzi esa 0–5 daraja iliqni tashkil etadi.

Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Kechasi havo harorati 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 5–10 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Navoiy viloyatida kechga tomon ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim hududlarda tuman kuzatiladi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida kechga tomon ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi esa 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 5–10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda. Shamol g‘arbdan 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi esa 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 15-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.