Redmi Note 15 5G tez orada taqdim etiladi

Foto: Notebookcheck
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Xiaomi yangi avlod Redmi Note 15 seriyasini bosqichma-bosqich namoyish etmoqda. Kompaniya Redmi Note 15 5G modelining muhim texnik xususiyatlarini avvalroq tasdiqlagan edi. Endilikda esa smartfon qaysi protsessor bilan jihozlanishi rasman e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Redmi Note 15 5G Hindiston bozorida Qualcomm Snapdragon 6 Gen 3 chipseti bilan taqdim etiladi. Ushbu protsessor avvalgi avlodga nisbatan CPU unumdorligini 30 foizga, grafik imkoniyatlarni esa 10 foizga oshiradi. Qurilma Amazon India orqali sotuvga chiqarilishi ham tasdiqlandi.

Xiaomi’ning ma’lum qilishicha, Note 15 5G Hindistonda 2026-yil 6-yanvar kuni rasman taqdim etiladi. Avvalroq smartfon global bozorda Note 15 5G, Note 15 Pro 5G, Note 15 Pro+ 5G, shuningdek 4G versiyalari bilan birga namoyish etilgan edi.

Texnik jihatdan Redmi Note 15 5G 108 megapikselli asosiy kamera bilan jihozlanadi. Kamera OIS optik barqarorlashtirish va 4K video yozib olish imkoniyatiga ega. Qurilmaga 5 520 mA·soat sig‘imli batareya o‘rnatilishi kutilmoqda. U taxminan 45 vattli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Xiaomi

Smartfon 6,77 dyuymli AMOLED displey, FHD+ aniqlik, 120 Gs yangilanish chastotasi va ekran osti barmoq izi skaneri bilan taqdim etilishi mumkin. Shuningdek, qurilma IP65 darajasidagi chang va suvdan himoya sertifikatiga ega bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Yangi Note 15 5G o‘rta narx segmentida kuchli texnik ko‘rsatkichlari bilan Xiaomi’ning asosiy takliflaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz Xiaomi smartfonlarining asosiy kamchiligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.