Ijtimoiy xodimlarning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilandi

Foto: Norma.uz
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Ijtimoiy xodimlarning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Shaharsozlik hujjatlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zarur sharoitlar yaratishga oid loyiha bo‘limi mavjud bo‘lmagan holatda ekspert tashkilotlari tomonidan ijobiy xulosa berilishi bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 70 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy boshqarmalari, “Inson” markazlari, Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya va ularning hududiy bo‘linmalari xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki qonunchilikda belgilangan talablarni bajarmaslik:

— fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, — mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlarni ta’minlamaslik mansabdor shaxslar hamda xizmatchilarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha jarima qo‘llashga asos bo‘ladi.

Qonunga muvofiq, Ijtimoiy himoya yagona reestri yoki Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan oilalar a’zolariga homiylik tashkilotlari tomonidan soliq davri mobaynida BHMning 100 baravarigacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladigan pul mablag‘lari daromad solig‘idan ozod etildi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, xotin-qizlar hamda bolalar jamoat birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi 150 trillion so‘mdan oshgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.